Mikel Arteta “Arsenal”ga Germaniya terma jamoasi futbolchisini olib kelmoqchi

  • 4 iyul, 2022, 13:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" "Bavariya" vingeri Serj Gnabriga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi “Daily Star” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchini sotib olishga "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta shaxsan qiziqmoqda. Shuningdek, Gnabriga Angliyaning yana bir jamoasi “Manchester Yunayted” ham davogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Bavariya” rahbariyati Gnabrini sotishga qarshi emas va uning transferi ortidan taxminan 46 million evro foyda ko‘rmoqchi.

26 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Serj o‘tgan mavsumda Bundesliga doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 5 assist muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Gnabri 2011 yildan 2016 yilgacha "Arsenal" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!