Mikel Arteta "Lids" ustidan qozonilgan yirik g'alabani baholadi

  • 31.01.2026 23:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premier-ligasining 24-turida "Lids"ga qarshi o‘yin (4:0) yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi.

— Bu yerda 4:0 hisobida g‘alaba qozonish juda qiyin, keyingi safar qachon takrorlanishini ko‘ramiz. Yigitlarga katta rahmat.

Jamoa haqiqiy ustunlik, chidamlilik, xarakter va, albatta, o‘yin sifati namoyish etdi. Menga jamoaning ruhiy holati juda yoqdi.

Saka jarohati haqida:

— Hozircha qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. U qizish jarayonida kichik muammoni his qildi.

Maduekening maydonga tushishi haqida:

— Uni eng kutmagan paytida o‘yinga qo‘shdik va u bunga juda yaxshi javob qaytardi, — dedi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!