
Mikel Arteta: "Tarkibdagi yoshlarning bari klub kelajagidir"
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya liga kubogi 1/8 finali doirasida "Preston" ustidan qozonilgan g‘alabani juda yuqori baholadi.
"Natija juda ijobiy. Biz haqli g‘alaba qozondik va chorak finalga chiqdik. Butun o‘yin davomida juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik va ajoyib gollar kiritdik.
Bizda tajribali va yosh o‘yinchilarning balansi juda yaxshi shakllangan. Ularning ba’zilari endigina professional futboldagi debyutlarini o‘tkazayotgan edi. Umuman olganda, tarkibdagi barcha yoshlar klub kelajagidir.
Bu oqshom biz uchun juda yaxshi kecha bo‘ldi. Endi keyingi bellashuvlarga kerakli tayyorgarliklarni olib boramiz", - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.
Fikrlar