"Milаn"ning eng qimmаt futbolchisi klubdаn ketishini e'lon qildi
«Milan» jamoasining portugaliyalik yarim himoyachisi Rafael Leau klubni tark etayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, futbolchining transferi bo‘yicha «Galatasaray» bilan kelishuvga erishilgan. Bonuslar bilan birga bitim qiymati taxminan 45 million evroni tashkil etishi aytilmoqda.
«Hozir men uchun oson bo‘lmagan payt. Yetti yil birga o‘ynagan jamoadoshlarim bilan xayrlashdim. Ular menga o‘sishga, “Milan” nomini qanday munosib himoya qilish kerakligini tushunib yetishga yordam berishdi. Lekin endi “xayr” deyish vaqti keldi.
Rostini aytsam, men boshqacha xayrlashgim kelardi – ehtimol, oxirgi marta “San-Siro”ga chiqib, maydonda turib muxlislar bilan vidolashishni istardim. Baribir klub tarixi sahifalarida qolishimga ishonaman, chunki bu yerda nimalar qilganimni o‘zim bilaman.
Hayot shunday: o‘rganamiz, xayrlashamiz, lekin meningcha, “Milan”ga bo‘lgan muhabbatim hech qachon tugamaydi. Uzoqda bo‘lsam ham, doim ularni kuzatib boraman.
O‘zim bilan chempionlik mavsumiga oid xotiralarni olib ketyapman – bu onlar umrining oxirigacha yodimdan chiqmaydi.
Ba’zan qaror qabul qilish kerak bo‘ladigan pallalar keladi. “Milan” baribir “Milan”ligicha qoladi, jamoa ham, murabbiy ham juda yuqori darajada.
Amorim – juda kuchli va qat’iyatli murabbiy. U “Milan”ga yana g‘alabalar yo‘liga qaytishga yordam berishi mumkin. U quraotgan o‘yin uslubi menga juda yoqadi.
“Milan”ga faqat eng yaxshisini tilayman. Har doim yonimda bo‘lgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. “Milan” g‘alaba qozonishda davom etadi», – dedi Leau.

Fikrlar