
«Milan» 15 dekabr kuni o‘zining 120 yilligida Ibragimovni futbolchisi sifatida tanishtirmoqchi
«Milan» klubi tez orada Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar 15 dekabr kuni hujumchini o‘z futbolchisi sifatida tanishtirishni xohlamoqda. Bu kuni «Milan» o‘zining 120 yilligini nishonlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, klub Zlatanga 18 oylik shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich «Los Andjeles Gelaksi»ni shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent sifatida tark etgandi.
Fikrlar