"Milan" 19 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 15 mln evro taklif qilmoqchi
“Milan” klubi ham “Shtutgart” himoyachisi Ozan Kabak uchun kurashga qo‘shildi.
Football Italia nashrining xabar berishicha “rossonerilar” 19 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to‘lashga tayyor. Qayd etish lozimki, Turkiya terma jamoasi a’zosining nemis klubi bilan imzolagan shartnomasida ham xuddi shuncha tovon puli belgilangan.
Ma’lumotlarga qaraganada Kabakka shuningdek «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» kabi APL grandlari ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, “Shtutgart” Kabakni bundan bir yil muqaddam “Galatasaroy”dan 11 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Shtutgart” mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesligani tark etdi.
Fikrlar