
"Milan" 20 millionga olgan futbolchisini PSJga ikki barobar narxga sotishni istamadi
PSJ klubi rahbariyati hali ham “Milan” himoyachisi Teo Ernandesni sotib olishga urunmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar 23 yoshli futbolchi uchun "rossonerilar"ga 40 million evro taklif qilishgan. Biroq milanliklar ushbu taklifni rad etishgan.
Garchi Teo Evropa chempionatiga bormagan bo‘lsa ham, A Seriyada ajoyib mavsum o‘tkazdi. Shu sababli u Evropa gigantlari tomonidan jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda, deya xabar beradi Tuttosport.
“Milan” Ernandesni 2019 yilning yozida “Real”dan 20 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida milanliklar safida jami 81 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Teoning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar