"Milan" 40 yoshli Ibragimovich bilan shartnomani uzaytiradi!
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoasi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Sky Sport Italia nashrining yozishicha, yangi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Unga ko‘ra, shvetsiyalik hujumchi yiliga 1-1,5 million evro maosh oladi. Bundan tashqari samarali harakatlari uchun qo‘shimcha bonuslar ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli forvard may oyi oxirida tizzasidan operatsiya qilingan edi. Shifokorlarning fikricha, Zlatan keyingi yil maydonga qaytishi mumkin.
Ibragimovich o‘tgan mavsum A Seriyaning 23 ta o‘yinida maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.
Fikrlar