"Milan" "Atletiko" hujumchisi uchun 50 mln evro to‘lashga tayyor
"Milan" klubi "Atletiko" Madrid hujumchisi Anxel Korreani sotib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 24 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “matraschilar”ga 50 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Korrev “Atletiko” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum La Ligada jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar