«Milan», «Bayer» va «Lyon» Yevropa ligasida g‘alaba qozondi
Evropa ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi.
Ulardan birida «Milan» safarda «Zaltsburg»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘oliblar safida Alfadjo Sisse xet-trik qayd etdi, Gonsalu Ramush esa yana bir gol muallifi bo‘ldi.
Shuningdek, «Bayer» ham safarda «Leh»ni huddi shu hisobda — 4:0 mag‘lubiyatga uchratdi. Patrik Shik dubly qayd etgan bo‘lsa, Malik Tillman va Ibragim Maza bitta-dan gol urdi.
Parallell kechgan bahsda esa Arsen Zaharyansiz maydonga tushgan «Real Sosyedad» safarda «Yunion Sent-Jilluaz» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Benyat Turrentes mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Seku Keyta mezbonlarga durangni taqdim etdi.
Yana bir uchrashuvda «Lyon» o‘z maydonida «Kristal Pэlas» qarshiligini yengib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. G‘oliblar safida Koranten Tolisso, Ernest Nuama va Pavel Shults gol urdi. Mehmonlar tarkibida esa Yeremi Pino va Dayti Kamada o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi

Fikrlar