
"Milan" Chalxanogluni qanchaga sotmoqchi?
“Milan” klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli Turkiya terma jamoasi a’zosiga “RB Leyptsig” hamda “Galatasaroy” klublaridan qiziqishlar mavjud. Ammo, uning o‘zi “rossonerilar” safida qolishga tayyor.
“Milan” rahbariyati esa Chalxanogluni 18-20 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Chalxanoglu o‘tgan mavsum 51ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar