
"Milan derbisi" haqiqiy dramaga aylanib ketdi
Italiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Milan" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
31-daqiqada Zlatan Ibragimovich hisobni ochdi. 58-daqiqada shvetsiyalik hujumchi ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng, katta ustunlikka ega bo‘lgan "neradzurrilar" 71-daqiqada Lukakuning penaltidan kiritgan goli bilan muvozanatni tikladi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning 7-si o‘tib borayotgan bir pallada, Kristian Eriksen jarimadan darvozani ajoyib tarzda ishg‘ol qildi va jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Antonio Konte shogirdlari navbatdagi bosqichda "Yuventus" - SPAL qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar