"Milan" Donnarumma bilan kelishish yo‘lini topdi

  • 30 aprel, 2020, 15:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan darvozabon Janluiji Donnarummaga yana bir yillik shartnoma tayyorlab qo‘ydi. Italiyalik futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2021 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Yangi kelishuvda futbolchining maoshi 6 million evrodan 5 milliongacha qisqarishi nazarda tutiladi. Agar klub Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritsa, qisqargan maosh qismining o‘rni bonus sifatida qoplanadi.

21 yoshli darvozabon joriy mavsumda "Milan" libosida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta o‘yinda 33 ta gol o‘tkazib yuborgan va 10 ta o‘yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!