"Милан" Yevropaning top-5 ligalarida eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani saqlab qoldi
Bilolbek Imomov
Klub eng yaqin ta'qibchisidan ancha ilgarilab ketdi
"Milan" soʻnggi natijalarda muammolarga duch kelganiga qaramay, Yevropa top-5 chempionatlaridagi eng uzoq magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha yetakchi maqomini saqlab qoldi.
Italyan klubi barcha turnirlar — birinchi va ikkinchi divizionlar hisobga olinganda ham — ketma-ket 24 ta oʻyinda magʻlub boʻlmagan.
Bu koʻrsatkich Frantsiya Liga 2 dagi "Rodez" jamoasidan uchta koʻp boʻlib, u yerda seriya 21 oʻyinda toʻxtagan.
Shuningdek, Angliya Chempionshipida "Sautgempton" ham 21 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriya qayd etgan va jamoa hali APLga qaytish imkonini saqlab turibdi.
Germaniyaning "Bavariya" klubi 18 ta, Frantsiyaning "Le Man" jamoasi esa 17 ta oʻyinda magʻlub boʻlmagan.

Izohlar (0)