
"Milan" futbolchisi koronavirusni engdi
"Milan" himoyachisi Leo Duarte koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Braziliyalik futbolchining Covid-19 ga topshirgan so‘nggi test javoblari manfiy chiqqan. U ayni damda jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
24 yoshli Duarte “Milan” safiga 2019 yilning yozida “Flamengo”dan ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan davr mobaynida “rossonerilar” tarkibida bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar