"Milan" futbolchisi yozda APL klubiga ko‘chib o‘tadi

  • 23.03.2019 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kesse yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashga juda yaqin turibdi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchiga “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda va “kanonirlar” buning uchun “rossonerilar”ga naqd 40 mln evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kessega “Tottenxem”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Kesse joriy mavsum “Milan” safida 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!