Milan grandlari Myuller uchun kurash boshlashdi

  • 2 may, 2019, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli germaniyalik futbolchiga “Milan” va “Inter” klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Milan shahri jamoalari uning transferi yuzasidan allaqachon nemis grandiga rasmiy taklif ham yuborishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda Myullerga shuningdek APL klubidan ham qiziqishlar bor. Biroq, hozircha bu qaysi jamoa ekanligi aniq emas.

O‘z navbatida Myuller ham “Bavariya”da doimo o‘zi xohlagan chiziqda maydonga tushirilmayotgani va tez-tez zaxiraga olinayotgani bois jamoadan ketish haqida o‘ylay boshlagan.

Ma’lumot uchun, Myuller joriy mavsum “Bavariya” safida jami 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 9ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!