"Milan" himoyachisi yarim yilga safdan chiqdi
"Milan" himoyachisi Mattia Kaldara chap tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli futbolchi mashg‘ulotlardan birida jarohat olgan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun kamida 6 oy vaqt talab etilishini aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kaldara "Milan" safiga o‘tgan mavsum boshida "Yuventus"dan Leonardo Bonuchchi evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar