"Milan" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi
"Milan" hujumchisi Noa Okafor APLga ko‘chib o‘tmoqda. Uni "Lids" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqida Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Shveytsariyalik futbolchini Angliya klubi 20 million evro evaziga sotib oladi. Okafor bilan 4 yillik shartnoma imzolanadi, shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni ham bor.
25 yoshli straykerni "Milan" 2023 yilda "Zaltsburg"dan xarid qilgan edi. U o‘tgan mavsumni yarmini "Napoli"da o‘tkazdi.
Fikrlar