
"Milan" "Inter"ning 70 yillik rekordini takrorladi
"Milan" kecha Italiya A Seriyasining 17-turida "Torino" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, “rossonerilar” A Seriyaning joriy mavsumida 16 ta o‘yinda 2 tadan kam gol urmadi. Shu tariqa, "Milan" hamshahari "Inter"ning 1949/1950 va 1950/1951 yillardagi mavsumlarda qayd etgan rekordini takrorladi.
"Milan" joriy mavsum faqatgina "Yuventus"ga (1:3) qarshi o‘yinda 1 ta gol urdi xolos. Stefano Pioli boshchiligadiga jamoa 17-turdan so‘ng 40 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar