“Milan” kelajak yulduzini Gvardiolaga bermadi
“Milan” murabbiylari 15 yoshli hujumchi Franchesko Kamardani ajoyib futbolchi qilib tarbiyalamoqda.
Yosh o‘yinchining dovrug‘i Angliya va Germaniya tomonlarga etib bordi. “Manchester Siti” hamda “Borussiya Dortmund” klublari mutasaddilari Francheskoni so‘rab, milanliklarga murojaat qildi.
“Milan” rahbariyati esa hozircha yoshlar jamoasida to‘p tepayotgan hujumchini boshqa jamoaga bermasligini ta’kidlamoqda.
Qolaversa, Franchesko Kamardaning o‘zi kelajakda “Milan” uchun o‘ynab, klubning afsonasiga aylanishni orzu qilmoqda. Futbolchining tanlovi “Milan” mutasaddilarini ancha xotirjam tortishiga sabab bo‘ldi.

Fikrlar