"Milan" Korreaning transferi bo‘yicha "Atletiko"ga yangi taklif yubordi

  • 24.08.2019 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” hamon “Atletiko” forvardi Anxel Korreani qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 24 yoshli argentinalik futbolchi uchun bu safar 42 million evrolik taklif yuborishgan. Ular shuningdek “matraschilar”ga Korreaning keyingi transferidan 30 foiz miqdorda bonus berishga ham tayyor.

Ta’kidlash kerakki, “Atletiko” Korreani 50 mln evroga baholamoqda. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!