«Milan» Portugaliya terma jamoasi himoyachisini sotib olishi mumkin

  • 20.08.2026 18:21
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Sporting» markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu «Milan» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar bermoqda.

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, italyaliklar 24 yoshli futbolchi transferi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Milan» Inasiuga hali iyun oyidaoq qiziqish bildirgan, hozir esa klub Portugaliya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan himoyachini olish variantiga yana qaytishi mumkinligi aytilmoqda.

 

O‘tgan mavsumda Inasiu barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, uch bor gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

 

Himoyachining «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!