“Milan” rahbariyatdagi o‘zgarishlar uchun 20 million evrodan ortiq mablag‘ to‘laydi

  • 26.05.2026 01:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” klubi iste'foga chiqarilgan mutaxassislarga katta miqdorda kompensatsiya to'lashi mumkin.

Avvalroq klub bosh murabbiy Massimiliano Allegri, sport direktori Igli Tare, bosh direktor Jorjio Furlani va texnik direktor Jeffri Monkada bilan xayrlashganini rasmiy e'lon qilgan edi.

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotiga k'ra, 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma asosida Furlani bonuslar bilan birga taxminan 10 million yevro olishi kerak. 2027 yilgacha shartnomasi bor Allegri esa 9 million yevro kompensatsiya olishi mumkin. Igli Tarega esa taxminan 3 million yevro to'lanadi.

Jeffri Monkadaning shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi. Shu sabab unga faqat iyun oyi maoshi to'lab beriladi.

Manbaga k'ra, bu summalar yakuniy emas. Klub muzokaralar orqali kompensatsiya miqdorini kamaytirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!