"Milan" sardorini sotishga majbur bo‘ladi, agar...

  • 27 aprel, 2019, 16:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi sardori Alessio Romanoli mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” tajribali himoyachisini qo‘yib yuborishmoqchi emas, ammo ular UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun shunday qilishga majbur. Agar jamoa mavsum yakunlariga ko‘ra EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Romanoli tarkibda saqlab qolinishi mumkin. Aks holda esa u transferga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, “Milan” Romanolini 2015 yil “Roma”dan 25 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” ayni damda 56 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!