
"Milan" Serbiya terma jamoasi futbolchisi uchun 20 million evro sarflashga tayyor!
"Red Bull Zaltsburg" klubi markaziy himoyachisi Straxinya Pavlovich "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu borada "rossonerilar" va Avstriya grandi o‘rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda.
Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashga yaqin turibdi va ushbu transfer narxi 20 million evrodan sal ko‘proqni tashkil qilishi mumkin. 23 yoshli serbning o‘zi "Milan"ga o‘tmoqchi, shuning uchun uning roziligini olish qiyin bo‘lmaydi.
Straxinya Pavlovich Serbiya terma jamoasi safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Markaziy himoyachi terma jamoasining Evro-2024dagi uchta o‘yinida ham qatnashdi, ammo Serbiya musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.
Fikrlar