
"Milan" to‘purari "Yuventus"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Zlatan Ibragimovich Italiya chempionati doirasida "Benevento" va "Yuventus"ga qarshi bahslarda "Milan"ga yordam bera olmaydi.
Forvard 22 noyabrda son suyagidan jarohat olgan edi, biroq shvetsiyalik futbolchi maydonga qaytishga yaqin qolganida mushaklaridagi muammo sabab jamoa lazaretiga qaytarildi. "Milan" klubi 39 yoshli futbolchining jarohatlari qaytarilishi va tiklanish jarayoni uzoq davom etishidan xavotir olmoqda.
Ibragimovich boshlangan mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol muallifi bo‘ldi.
"Milan" "Benevento" bilan 3 yanvar kuni, "Yuventus" bilan 6 yanvar kuni maydonga tushadi.
Fikrlar