"Milan" yulduzi yangi mavsumni Osiyoda boshlashi mumkin

  • 19 may, 2021, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubining hujumkor yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli turkiyalik futbolchiga “Al-Duxail” klubi jiddiy qiziqmoqda. Qatarliklar unga yiliga 8 mln evro maosh to‘lashga tayyor. Bundan tashqari, unga yana xuddi shu miqdorda bonus ham va’da qilinmoqda.

“Milan” ham Chalxanogluga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Unga “Yuventus” ham xaridor. Biroq, A Seriyaning ushbu ikki klubi futbolchiga yiliga 4 mln evro maosh bermoqchi.

Xakan Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!