
"Milan"da Montellani almashtirishi mumkin bo‘lgan mutaxassis kim?
“Milan” klubi bosh murabbiyi Vinchentso Montellaning jamoadagi kelajak taqdiri hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Biroq, Montellaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar soni unchalik xam ko‘p emas. La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yagona nomzod bu Jennaro Gattuzo hisoblanadi.
Agar “Milan” A Seriyaning navbatdagi turida “Sassuolo”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchrasa rahbariyat shu zahotiyoq Montellani iste’foga chiqaradi.
Ma’lumot uchun, Gattuzo ayni damda “Milan”ning yoshlar jamoasini boshqarib kelmoqda.
Fikrlar