Milanliklar Angliyadan yana oʻyinchi soʻrayapti
«Milan» rahbariyati yozgi transfer oynasi yopilguncha hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Sky Sports manbalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, italyalik klubning e’tibor markazida «Nottingem Forest» jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Omari Xatchinson turibdi.
«Rossoneri» 22 yoshli futbolchini transfer qilish masalasida «Nottingem Forest» klubiga rasmiy so‘rov yo‘llagan.
Xatchinson «lesnikov» safida o‘tgan yil avgustidan beri to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Omari Xatchinsonning bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar