
"Milan"ning e’tibori A Seriya yulduziga tushdi
Rimning “Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich Italiyaning boshqa bir klubi – “Milan” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Lazio Press nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, “rossonerilar” 27 yoshli serbiyalik futbolchining nomzodini yaqinda “Nyukasl”ga sotib yuborgan Sandro Tonaliga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Milinkovich-Savichning transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda.
Sergey o‘tgan mavsumda rimliklar tarkibida jami 47 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi yilning yozigacha hisoblangan.
Fikrlar