"Milan"ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi
Italiyalik mashhur himoyachi Daniele Bonera butsalarini mixga ildi. Aytish kerakki, 38 yoshli futbolchi "Vilyarreal" bilan shartnomasi yakunlangach, o‘zining professional faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Biroq, Bonera endi ishsiz qolmaydi, “Milan” rahbariyati unga jamoa bosh murabbiyi Marko Jampaoloning murabbiylar shtabidan ish taklif qilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Bonera faoliyati davomida "Breshiya", "Parma", "Milan" va "Vilyarreal" kabi klublarda to‘p surgan.

Fikrlar