Millatlar ligasi. Ispaniya safarda Portugaliyadan ustun keldi

  • 28 sentabr, 2022, 01:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Millatlar ligasi 6-turi doirasidagi Portugaliya - Ispaniya uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda "qizil furiya" minimal hisobda g‘alaba qozondi - 1:0.

Uchrashuvdagi yagona gol Morata hisobiga yozildi. U Niko Uilyamsning ajoyib uzatmasidan keyin ochiq qolgan darvozani aniq nishonga oldi va bu gol jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

3 ochkoni qo‘lga kiritgan Ispaniya guruhda 11 ochko bilan etakchiga aylanib oldi va keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi. Portugaliya esa 10 ochko bilan 2-o‘ringa tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!