Millatlar ligasining yarim finaliga qur’a tashlandi
UEFA Millatlar ligasining yarim final juftliklari nomi ma’lum bo‘ldi.
Bugun 3 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, 1-guruh g‘olibi bo‘lgan Italiya bu bosqichda 4-guruh g‘olibi Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 2-guruhda tengsiz bo‘lgan Belgiyaga 3-guruh g‘olibi Frantsiya raqiblik qiladi.
Italiya – Ispaniya uchrashuvi 2021 yilning 6 oktyabr kuni, Belgiya – Frantsiya o‘yini esa 2021 yilning 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
UEFA Millatlar ligasining bu safargi final bosqichiga Turin va Milan shaharlari mezbonlik qiladi.

Fikrlar