Milliy Gvardiya Instituti kursantlari olmazorlik yoshlarga tekinga Jiu-jitsu sportini o‘rgatadi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi harbiy texnik instituti va O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l o‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi harbiy texnik institutining Jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 6 nafar kursantlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi o‘zlarigga biriktirilgan maktab va akademik litsey sport zallarida har kuni Jiu-jitsu bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradi.
Kuni kecha Toshkent shahar “Yoshlar markazi” majlislar zalida bo‘lib o‘tgan “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ular orasida sportni yanada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar davomida kursantlarga Jiu-jitsu sport turini yoshlarga o‘rgatish huquqini beruvchi murabbiylik litsenziyalari tantanali ravishda topshirildi.
Yig‘ilish davomida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti kafedrasi boshlig‘i Kamol Usmonov va O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Jiu-jitsu jang san’ati” nomli amaliy qo‘llanmaning qisqacha mazmun-mohiyati yoritilib, amaliy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur amaliy qo‘llanma asosida Jiu-jitsu sportining tarixi, rivojlanish bosqichlari, texnik-taktik mashg‘ulotlarni o‘rganish imkoni yaratiladi.
Fikrlar