
Mirazizbek Mirzahalilovning chorak finaldagi raqibi engilmas professional bokschi bo‘ladi
Mirazizbek Mirzahalilov Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning chorak finalda Gonkong vakili Tso Sing Yu ga qarshi ringga chiqadi. E’tiborlisi, u professional bokschi bo‘lib (hozir faoliyatda emas) Tso Rex nomi bilan tanilgan va professional ringda 22 jang o‘tkazib barchasida g‘alabaga erishgan. Shulardan 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ko‘plab 2-darajali kamarlarni qo‘lga kiritgan.
Biroq, Tso Sing Yu so‘ngi professional jangini 2017 yilda o‘tkazgan. 2019 yilda havaskor boksda 2 ta jang o‘tkazib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Shulardan birida nokautga ham uchragan
Eslatib o‘tamiz: Hamyurtimiz ilk jangida hindistonlik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgandi.
Manba: BOXER TV
Fikrlar