
Mirjalol Qosimov: "Futbolni aldab bo‘lmaydi"
OKMK – “Sho‘rtan” (0:0) bellashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bahoim kattagina 2! Sababi, futbolni aldab bo‘lmaydi. Har bitta o‘yinga jiddiy qarash kerak. Jadvalga qaramaslik lozim. Eslasanglar, bundan oldingi uchrashuvlarda ham shunday “nastroysiz” chiqib, oxirgi daqiqalarda o‘z tomonimizga og‘dirgandik. Ammo bu gal bunday bo‘lmadi. Futbolda birinchi daqiqadan o‘ynash kerak.
Buni ham yana ayrim sabablari bor. FIFA kunidagi tanaffus bizning foydamizga bo‘lmadi. Qolaversa, yoshlarimiz Frantsiyaga borib keldi. Islom To‘xtaxo‘jaev milliy terma jamoada bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, milliy terma jamoamizning har bir a’zosini, federatsiyadagi mas’ullarni tabriklayman. Tarixiy natija qilindi. Bu yog‘iga ham omad tilayman.
Biz o‘yinning ikkinchi bo‘limida harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ammo unumli foydalana olmadik. Shuning uchun ham futbolni aldab bo‘lmaydi.
Fikrlar