Mirjalol Qosimov: G‘alaba suv va havodek zarur edi
Hozirgina Andijondagi “Sog‘lom avlod” o‘yingohida Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda AGMK jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
O‘yindan o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bugun judayam qiziqarli va qiyin o‘yin bo‘ldi. Andijon jamoasi oxirgi daqiqalargacha kurashadi, buni yigitlarga ham aytganman.
Umuman olganda o‘yinni yomon boshlamagandik, lekin standartdan gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay yigitlar o‘zlarida kuch topa olishdi va haqli g‘alabani qo‘lga kiritdik. Menimcha muxlislar uchun ham qiziqarli o‘yin bo‘ldi.
Bugun mehmonda ilk g‘alabamizni qo‘lga kiritdik, bu esa bizga suv va havodek zarur edi. Aytishim mumkinki, jamoada hali qiladigan ishlar ko‘p.

Fikrlar