Mirjalol Qosimov iste’foga chiqish haqida: Ketishim qiziqmi sizga? Qiziq-a?
Hozirgina Andijondagi “Sog‘lom avlod” o‘yingohida Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda AGMK jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
O‘yindan o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Qoniqarsiz natijalardan so‘ng bir necha bor iste’foga chiqish haqida ariza yozganingiz haqida aytib o‘tgan edingiz. Bundan keyin ham yana iste’fo haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkinmi?
- Ketishim qiziqmi sizga? Qiziq-a? Albatta, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu futbol. Futbolda esa jamoa yutib tursa hamma narsa zo‘r, aksincha bo‘lsa bosh murabbiy aybdor. Men xo‘jako‘rsinga ishlashni xohlamayman, yoki unday, yoki bunday bo‘lishi kerak. Shuning uchun, agar o‘z ishimni eplay olmasam, mard bo‘lib ketaman. Bundan uyaladigan joyim yo‘q. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar