Mirjalol Qosimov: Ronaldu gol nishonlashni Polvonovdan o‘rgangan
"Bugun o‘z ishimni qildim. Hujumchi gol kiritishi kerak va buni bajardim. Bugun faoliyatimdagi eng yaxshi uchrashuvni o‘tkazdim deb ayta olaman", - dedi Polvonov.

E’tiborlisi, mazkur bahsda 5 ta to‘p kiritib, penta-trik qayd etgan Zafar Polvonov o‘z gollarini portugaliyalik forvard - Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Matbuot anjumanida esa shu narsa alohida ta’kidlandi va bu borada futbolchiga murojaat etilganida, Mirjalol Qosimv hazilomuz tarzda "Ronaldu? Krishtianu bunday gol nishonlashni Zafardan o‘rgangan", - deya aytib o‘tdi.
Azamat Umarov (foto), Shahzod Xolboev

Fikrlar