Mirzohid G‘ofurov "Neftchi" nishonida!

  • 11.12.2021 22:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Mirzohid G‘ofurovning jamoa bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etyapti.

Sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, ushbu yarim himoyachiga “Neftchi” jamoasi tomonidan qiziqish bo‘lyapti. O‘z navbatida “Navbahor” ham Mirzohidni qo‘yib yubormoqchi emas. Rahbariyat u bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Tez orada G‘ofurov masalasiga oydinlik kiritilishi kutilyapti.

Oxirgi besh yildan beri “Navbahor” sharafini himoya qilayotgan futbolchi bu yil namanganliklar safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani bajardi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!