MLS cheklovlarni 15 mayga qadar uzaytirdi

  • 27 aprel, 2020, 23:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shimoliy Amerika Ligasi (MLS) mashg‘ulotlar cheklovini 15 may kuniga qadar uzaytirdi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

O‘yinchilar cheklov vaqtida klublari qaerda bo‘lsa, o‘sha joyda bo‘lishlari kerak. Biroq MLS biror joyga mashinada borishi kerak bo‘lib qolgan futbolchilarning alohida iltimoslarini ko‘rib chiqadi. Barcha mashg‘ulot bazalari tibbiy muolajaga muhtoj yoki klub shifokorlari nazorati ostida davolanayotganlardan tashqari, barcha futbolchilar va xodimlar uchun yopiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, MLS koronavirus sababli chempionatni 12 mart kuni to‘xtatib qo‘ygan. Uchrashuvlar eng kamida 8 iyun qadar boshlanmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!