
MLSda Ibragimovich va boshqa futbolchilar qancha maosh oladi?
"Los-Anjeles Geleksi" forvardi Zlatan Ibragimovich MSLda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi. U yiliga 7,2 mln dollar maosh ishlab topadi.
"Toronto" klubi yarim himoyachisi Maykl Bredli esa yiliga 6,5 mln dollar maosh oladi. "Toronto"ning yana bir a’zosi Jozi Altidor 6,3 mln dollar maoshga ega va "Los-Anjeles" hujumchisi Karlos Vela ham 6,3 mln dollar ishlab topadi. Eng ko‘p maosh oliuvchi futbolchilar 5 taligini "Chikago Fayr" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger 5,6 mln dollarlik maoshi bilan yakunlab beradi.
Umumiy hisobda, ligadagi o‘rtacha ish haqi 371 538 dollarni tashkil qiladi.
Fikrlar