MMA bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medal bilan yakunladi
Xabaringiz bor, BAAning Abu-Dabi shahrida MMA bo‘yicha 18-20 yosh toifasi va kattalar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etildi.
Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham 13 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Ulardan 4 tasi yarim finalga yo‘l olgan edi. Bugungi o‘tkazgan janglar natijasida ulardan 3 tasi 3-o‘rin bilan chempionatni yakunladi.
Kattalar o‘rtasidagi +120 kg vaznda Ixtiyor Xolmurodov, 18-20 yoshlilar o‘rtasida esa, -77.1 kgda Munis Mo‘minjonov hamda -93 kgda Musin Mo‘minjonov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldilar. Afsuski, yoshlar toifasida -120 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan, Asror Anvarjonovga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishiga biroz omad etishmadi.
Shu tariqa terma jamoamiz chempionatni 3 ta medal bilan yakunladi.

Fikrlar