MMA: Hasan Anvarov jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Ma’lumki, Abu-Dabi shahri havaskor MMA bo‘yicha 12-13 14-15, 16-17 yoshlilar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Tabiiyki, ushbu turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishyapti.
Jumladan, 16-17 yoshlilar o‘rtasida kecha o‘tkazilgan bahslarning -57 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tarilib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Anvar Hasanov barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda jahon chempionligi bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi natijalarni qayd etib turibdi. (Katta ehtimol bilan vaziyat o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Chunki, bu natijalar 19 avgust kungi o‘tkazilgan kunduzgi janglardan keyingi holat)
12-13 yoshli sportchilar:
- 40 kg Ravshanov Behruzbek - 2 - o‘rin
- 40 kg Toshpo‘latov Mexrojbek - 3 -o‘rin
- 32 kg Bahromov Behruzbek - 3 - o‘rin
- 52 kg Sobirjonov Bahodir - 3 - o‘rin
14-15 yoshli sportchilar:
- 44 kg: Xodjimiyarov Muxammadali - 1 - o‘rin
- 77.1 kg: Abdusattorov Abdullaziz - 1 - o‘rin
- 77.1 kg: Nosirjonov Xojiakbar - 2 - o‘rin
- 52 kg: Mirsaidov Mirjalol - 3 - o‘rin
- 36 kg: Botirov Ibroximjon - 3 - o‘rin
Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida 42 ta davlatlardan 479 ta sportchi ishtirok etmoqda.
Fikrlar