MMA jangchilari mashhur bo‘lganidan so‘ng ayoli bilan nega ajrashadi?
UFC rahbari Dana Uayt ba'zi jangchilar mashhur bo‘lganidan keyin nima uchun ajrashishini tushuntirdi.
"Tasavvur qiling, oktagonga chiqasiz, 22 ming odam sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Jangdan so‘ng ham hamma siz bilan suratga tushish va dastxat olishga yuguradi... Keyin esa uyga, haqiqiy hayotga qaytasiz. Sizning 2-3 ta farzandingiz bor, xotiningiz esa sizga: "Chiqindini olib chiqing" deydi... Barchasi shu yerda o‘zgaradi. Endi hayotingizning har bir jabhasi ego aralashishni boshlaydi va qarabsizki, ajrashgan oilalar soni yana bitta ko‘payadi", - dedi UFC prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, UFC chempioni Iliya Topuriya bu yil ayoli bilan ajrashganini e'lon qildi.

Fikrlar