Modrich "Real" bilan shartnomasini nega uzaytirgani haqida gapirdi

  • 19 iyul, 2024, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirdi.

“Kiyinish xonasida biz bir oiladekmiz, do‘stmiz, bu erda ajoyib muhit hukm surmoqda. "Real"da qolishni istadim, chunki o‘zimni hali ham yaxshi his qilyapman. O‘ylaymanki, yuqori saviyada o‘ynashda davom eta olaman. Umid qilamanki, bu yil barchamiz birgalikda ko‘plab titullarni qo‘lga kiritamiz”, - dedi Modrich klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

17 iyul kuni xorvatiyalik yarim himoyachi "Real" bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi.

Modrich 2012 yildan beri "qirollik klubi"da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda 38 yoshli futbolchi jami 46ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!