
Modrich terma jamoadagi faoliyatini davom ettiradimi? Bosh murabbiy javob berdi
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich shogirdi Luka Modrichning Evro-2024dagi ehtimoliy ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, u biz bilan qoladi. Luka jamoamizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Uning javobini intiqlik bilan kutaman. Barchasini Modrichning qarori hal qildi",-dedi mutaxassis.
37 yoshli yarim himoyachi xorvatiyaliklar sardori sifatida 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Bu gal u jamoasi bilan uchinchi o‘rin uchun bellashuvda ishtirok etadi.
Modrich terma libosida 2006 yilda debyut qilgan va shu vaqtgacha 161 uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar