Modrich Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (foto)

  • 09.06.2018 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yakunlangan 2017/18 yilgi mavsumda Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu sovrin Xorvatiya futbol federatsiyasi tomonidan ta’ssis etilgan.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "qirollik klubi" safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!