
Mo‘minjon Abdullaev Osiyo chempionati sovrindori!
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
-130 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Olimpiya o‘yinlarining uch karra ishtirokchisi Mo‘minjon Abdullaev Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Eng og‘ir vaznli kurashchimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda singapurlik Timoti Yu Loxni 4-0 hisobida engdi.
Shu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kuni 5 ta vaznda gilamga chiqib, yakunda 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jalgasbay Berdimuratov kumush, Jasurbek Ortiqboev (-55 kg) va Mo‘minjon Abdullaev (130 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar